🔷 Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filialining Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida «25-noyabr~Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi barham berish kuni» munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.
🔷 Tadbirda Olmaliq shahar IIB HPB XKMB katta inspektori, podpolkovnik G.Sabriyeva, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mutaxassisi G.Nishonova, fakultet dekani D.Mirxamitova va filial psixologi M.Yulchiyeva ishtirok etdi.
🔷Suhbat davomida mutaxassislar doimiy erkaklar himoyasida bo‘lgan sharq ayollarini bugunga kelib qadrsizlantirish holatlari kuzatilayotgani hamda bunday salbiy holatlarni oldini olish maqsadida olib borilayotgan ishlar, gender tenglik, ayollar va erkaklar o‘rtasida teng huquqlar va imkoniyatlar to‘g‘risida fikr yuritishdi.