Flat Preloader Icon Loading...

Bolalarga sovg’alar ulashildi

yangi yil 2

🔷Yangi yil munosabati bilan bugun TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida filial Kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar Qorbobo va Qorqiz tomonidan filial xodimlarining farzandlariga taqdim etildi.

🔷Sovg‘a topshirish marosimida bolajonlar uchun kichik bayram dasturi tashkil etilib, bolalar ijrosida kuy-qo‘shiq, she’r va raqslar tinglandi. So‘ngra turli xil topishmoqlar aytilib, topag‘on bolalarning zakovati sinovdan o‘tkazildi.

🔷Ota-onalar ham tadbirga jalb etilib, ular bolajonlar uchun jumboqli, harakatli topishmoqlarni aytishdi. Tadbir so‘ngida qorbobo tomonidan yangi yil sovg‘alari bolalarga tarqatildi.

Scroll to Top