Flat Preloader Icon Loading...

Davlat rahbarining nutqini o‘rganamiz

2023 yil 20 sentyabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z nutqida asosiy maqsad – mamlakatlarimiz va xalqlarimizning bugungi kuni va istiqboli uchun mas’uliyatni har tomonlama chuqur anglash, ochiq va konstruktiv hamkorlikka tayyor barcha tomonlarni global muloqotga jalb qilishdan iborat ekanligini qayd etdi.

Davlat rahbari global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar echimiga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

TDTU Olmaliq filialida tashkil etilgan tadbirda davlat rahbarining BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyati professor-o‘qituvchilariga etkazildi. Tadbirda filial direktori t.f.d., professor A.Samadov, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti A.Raxmatullaev davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbuslarda yurtdoshlarimizning ishonch-ixtiyori akst etganini bildirdi.

Scroll to Top