TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi fuqaro muhofazasi instituti professori O‘.Yuldoshevning davra suhbati o‘tkazildi. Iqtisodiyot tarmoqlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan suhbatda talaba yoshlarga boshlang‘ich iqtisodiy bilimlar va ma’lumotlar berildi. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, yuqori texnologiyali qayta ishlash yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqobatbardosh muhitni shakllantirish, ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligiga erishish, shuningdek eksport salohiyatini kengaytirish haqida ma’lumotlar berildi
O‘xshash postlar
Bitiruvchilarning bakalavrlik dissertatsiyalari himoyasi davom etmoqda
Filial yangiliklari / 25.06.2025
TDTU Olmaliq filialida 2024/2025-o‘quv yili bakalavriat bosqichi bitiruvchi talabalarining bitiruv malakaviy ishi himoyalari belgilangan tartibda bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, Konchilik elektrmexanikasi kafedrasi bitiruvchilari OKMK AJ tasarrufidagi…
Kafedra professor-o’qituvchilari G‘azalkent shahridagi maktablarda
Filial yangiliklari / 25.06.2025
Respublikaning olis va chekka hududlaridagi yoshlarni oliy ta’limga qiziqtirish, ularning ta’limga bo‘lgan intilishini oshirish hamda respublika oliy ta’lim muassasalariga jalb etish maqsadida TDTU Olmaliq filialida…