TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida filial direktori A.Samadov hamda birinchi bosqich talabalari o‘rtasida ochiq muloqot tarzida tashkillashtirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida filial direktori talabalarga filialdagi o‘quv jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, beriladigan imkoniyat va imtiyozlar hamda bugunning talabasi aynan qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi fikrlarini bildirdi.
Suhbat davomida birinchi bosqich talabalari kredit-modul, akademik ta’til, ijara shartnomasi, ishga joylashish tartiblari, kontrakt to‘lovlari bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.