Flat Preloader Icon Loading...

Direktor yosh olimlar davrasida

yosh olimlar

🔷Bugun TDTU Olmaliq filiali direktori, texnika fanlari doktori, professor A.Samadov filialning ilmiy tadqiqotchilari, yosh olimlari bilan uchrashdi.

🔷Uchrashuv davomida filialda ilmiy-tadqiqot ishlariga qaratilayotgan e’tibor, ilmiy salohiyatning o‘sib borishi, olimlarning yoshi yosharib borayotgani, yosh tadqiqotchilar ko‘payotgani munosabati bilan filialda yosh olimlar kengashi tuzilganligi ta’kidlandi. Kengash raisi etib saylangan Go‘zal Yusupova yana bir bir bor jamoaga tanishtirildi.

🔷Har bir fakultetda Yosh olimlar Kengashi raisining yordamchi vakillari saylandi, xususan, Xusniddin Yo‘ldoshev Energetika va mashinasozlik, Bahrom Goibnazarov Konchilik ishi hamda Sarvar Parmonov Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetlari yordamchi vakillari etib saylandi.

🔷Shuningdek, grant loyihalarida ishtirok etish talablari va ilmiy maqolalar yozish bo‘yicha seminarlar tashkil etish, ilmiy ish himoyasi arafasida turgan yosh olimlar filial ilmiy-uslubiy kengashida hisobot qilishi, yil yakunida olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha yosh olimlarni rag‘batlantirish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Scroll to Top