Flat Preloader Icon Loading...

“Enter Steel Almalyk” korxonasi TDTU OF bitiruvchi talabalari bilan uchrashdi

enter steel

🔷Kuni kecha “Enter Steel Almalyk” korxonasining umumiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Muxsinxon Eshanov hamda xodimlar bo‘limi xodimi Nargiza Qurbonova TDTU Olmaliq filiali bitiruvchi talabalari bilan uchrashdi.

🔷Uchrashuv avvalida filial direktori, t.f.d. professor A.Samadov talabalarga ayni kunda “Enter Steel Almalyk” korxonasi bilan hamkorlik o’rnatilayotgani va hamkorlik shartnomasi imzolanayotgani haqida qisqacha tushuntirish berdi.

🔷Shundan so’ng korxona mas’ullari tomonidan ishga joylashish va ish tartibi, aynan qaysi yo’nalishdagi kadrlarga ehtiyoj borligi, ish o’rinlari va korxona faoliyati xususida talabalarga kerakli va qiziqarli bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etildi.

Scroll to Top