🔷Ilmiy tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar, albatta, ishlab chiqarish texnologiyasi muammolarining optimal echimlarini topishga qaratilgan bo‘lib, sanoat korxonalari bilan hamkorlik aloqalari mustahkam bo‘lishi talab etiladi.
🔷Mashinasozlik texnologiyasi yo‘nalishi muommolarini o‘rganish maqsadida TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakultetining Mashinasozlik texnologiyasi hamda Texnologik mashinalar va jihozlar kafedralari sanoat korxonalari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
🔷Mazkur kafedralar professor-o‘qituvchilari I.Nugmanov, X.Boboyev, M.Ergashev, A.Abdukaxxarov “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi Texnologik transport boshqarmasi korxonasi mutaxassislari bilan uchrashib, tog‘-kon sanoati transport vositalarini ta’mirlash, qayta tiklash va mustahkamlash sohasida olib borilayotgan ishlar xususida fikr almashdilar. Har ikkala tomon hamkorlik doirasida soha muammolarini o‘rganish, tadqiq etish rejasini tuzib olishdi.