Germaniyaning Frayberg Konchilik Akademiyasi CHo‘yan va po‘lat texnologiyalari instituti direktori Olena Volkova boshchiligidagi delegatsiya TDTU Olmaliq filialida bo‘lishdi.
Tashrif doirasida sanoatning metallurgiya sohasi va oliy ta’lim tizimi vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, unda mahalliy mutaxassislarning Germaniyada qisqa va uzoq muddatli malaka oshirishi, stajirovka, magistratura hamda doktoranturada o‘qishlarini tashkil etish yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Shuningdek, metallurgiya, quymachilik, materialshunoslik va texnogen chiqindilarni qayta ishlash yo‘nalishlaridagi sanoat muammolari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Ma’lumot uchun, Frayberg texnika universiteti konchilik akademiyasi (Technische Universitat Bergakademie Freiberg) 1765 yilda Frayberg konchilik oliy o‘quv yurti sifatida tashkil etilgan bo‘lib, 1993 yilda Frayberg Konchilik Akademiyasi nomi bilan o‘zgartirilgan. U konchilik ta’lim sohasida dunyodagi eng ko‘hna ta’lim muassasalaridan biri sanaladi.
Ushbu Universitetning faoliyati yangi konlarni geologik-qidiruvi, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashning ekologik toza texnologiyalaridan tortib muqobil energiya texnologiyalarini ishlab chiqish, xom-ashyo hamda kon chiqindilarini utilizatsiya qilish, qayta ishlatish va yangi turdagi mahsulotlarni yaratishgacha bo‘lgan to‘liq texnologik jarayonni qamrab olgan.
Universitet ilmiy-tadqiqot bo‘yicha Germaniyadagi o‘nta yirik universitetlaridan biri hisoblanadi. U Yevropada o‘zining ilmiy va o‘quv koniga ega bo‘lgan yagona universitetdir. Frayberg texnika universiteti konchilik akademiyasi 74 davlatning 274 ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qiladi.
TDTU Olmaliq filiali kafedralari o ’quv yili yakunlangani munosabati bilan yillik hisobotlarni topshimoqdalar. Metallurgiya, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar, Matemetika va tabiiy fanlar, Elektr texnikasi va…
TDTU Olmaliq filiali metallurgiya ta`lim yo‘nalishi 1a-21, 1b-21, 2-21guruh talabalarining yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi. Yаkuniy davlat attestatsiyasi TDTU Olmaliq filiali ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha…