Flat Preloader Icon Loading...

Frayberg texnika universiteti Konchilik akademiyasi delegatsiyasi TDTU OFda

📌Joriy yil 26 iyul kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti Olmaliq filialiga Frayberg texnika universiteti Konchilik akademiyasi Tog‘-kon institutining direktori, Saksoniya Fanlar Akademiyasi va boshqa xalqaro ilmiy akademiyalar a’zosi, professor Karsten Drebenshted boshchiligidagi bir guruh professor va aspirant, talabalardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

📍Tashrif avvalida nemis delegatsiyasi TDTU OF direktori Alisher Samadov hamda filial jamoasi bilan suhbatda bo‘lib, oliy ta’limdagi o‘zgarishlar, o‘quv jarayonlari, hamkorlik aloqalari va boshqa masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.

📍Shuningdek, professor K. Drebenshted va uning jamoasi filialning o‘quv jarayoni va ilmiy yo‘nalishlari, laboratoriyalarning jihozlari bilan tanishishdi. Tashrif yakunlari bo‘yicha K.Drebenshted filialda amalga oshirilayotgan ishlarni yaxshi baholab, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashni taklif etdi.

Scroll to Top