Flat Preloader Icon Loading...

Ilm-fan va innovatsion rivojlanish haftaligi

2023-yilning 13-noyabridan “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish haftaligi” start olib, MTTU MISiS Olmaliq filiali binosida mazkur haftalikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

18 noyabr kuniga qadar davom etadigan haftalik doirasida bir qator tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan. Jumladan, sanoat va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan mutaxassislarning tajribalari o‘rganiladi, mehnat faoliyati davrida ilmiy salohiyatini oshirish istagida bo‘lgan yosh mutaxassis xotin-qizlarning maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun huquqiy maslahat va master-klass o‘tiladi.

Haftalikning ochilish marosimida TDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari ko‘rgazmalari bilan ishtirok etish bilan birga, seminarda ma’ruza ham qilishdi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan xotin-qizlar rag‘batlantirildi.

Scroll to Top