Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi davomida tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh yoshlar hamda “Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni sohiblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Tantanali tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov yig‘ilgan yoshlarni ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarga qo‘shayotgan hissalari uchun “Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni sohiblarini qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirladi.
Quvonarlisi, Toshkent viloyati bo’yicha «Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi kafedrasi texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b. Soxibov Isomiddin Yuldashovich taqdirlandi.