TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakultetida «Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi havfning oldini olish» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda din ishlari qo’mitasi hamda ijtimoiy tarmoqda radikal oqimlarni oldini olish va yoshlarni himoya qilish ishchi guruhi rahbari D.Soipov, a’zolari J.Pardayev, Q.Rasulov, Nuroniy jamg’armasi Ohangaron shahar rahbari Sh.Komilov, Xonobod jome masjidi imom noibi, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan direktor maslahatchisi M.Niyozov ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayonida turli axborot xurujlaridan to‘g‘ri himoyalanish, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklariga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirmaslik to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirib o‘tishdi.