Flat Preloader Icon Loading...

Kitobsevar talabalar – bizning faxrimiz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Kitobxon yoshlar ligasi” kitobxonlik onlayn tanlovi o‘tkazilgan edi. Tanlovda respublikamizdagi ta’lim muassasalarining 175 ming nafar vakillari ishtirok etgan. Ular orasida 30 nafar eng yaxshi kitobxon talaba g‘olib bo‘lgan edi. Bugun vazirlik binosi amfiteatrida g‘oliblarni taqdirlash tadbiri bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakulteti talabasi Raxmonov Diyorbek Xayrulla o‘g‘li ham tanlov g‘olibi sifatida ishtirok etib, diplom hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Scroll to Top