60721500– Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo’nalishi
Fan va texnika sohasidagi yo’nalishlar bo’lib, foydali qazilma konlarini qazib olish jarayonlari, foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash jarayonlari, konlarni ochish va qazish tizimlari, burg’ilash va portlatish ishlarini olib borish, kon ishlari texnologiyalari, konlarni loyihalash va konlardan samarali foydalanish bilan bog’liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining ishlab chiqarish jarayonlari konlarni qazib olish korxonalari, burg’ilash va portlatish ishlari jarayonlari, boyitish va qayta ishlash jarayonlari, konchilik ishlarida fizik-texnologik va metriologik nazorat, konchilik ishlab chiqarishi mashina va uskunalari obyektlarini yaratish va ulardan foydalanishning samarali jarayonlari, konchilik korxonalarini loyihalash, foydali qazilma konlarini qazib olishda ochish va qazib olish tizimlarini o’zlashtirish, konlarni qazib olish tartibi va texnologik sxemalarini o’zlashtirish bilan shug’ullanish kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug’ullanadi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
Ta’lim tili
O’zbek tili, Rus tili
Talablar
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o’tkaziladigan imtihondan o’tish