Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF–5847 son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2024-yil 20-iyundagi muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Rossiya Federatsiyasining “KvantForm” OAJ va I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali o‘rtasida 2024-yil 4-sentyabrda tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan hamkorik uchrashuvi o’tkazildi.
N.Bauman Nomidagi Moskva Davlat Texnika Universiteti“Metallarga bosim bilan ishlov berish” kafedrasi dotsenti, “KvantForm” OAJning sotuv va hamrohlik bo‘yicha direktori, t.f.n. Y.Gladkov, TDTU Olmaliq filiali ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.d., professor D.Xoliqulov, TDTU professori, t.f.d. D.Berdiyev, TDTU Olmaliq filiali “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri, t.f.b.f.d. R.Tashmatov hamda kafedra assistenti I.R.Komilovlar ishtirokidagi ushu masofaviy uchrashuvda rivojlangan mamlakatlarning ishlab chiqarish korxonalari va oliy ta’lim muassasalarida metallarga bosim bilan ishlov berish sohasida “QForm Extrusion” dasturidan foydalanilayotganligi sababli, ushbu dasturni talabalar o‘rtasida har yili tashkil etiladigan xalqaro olimpidalarda ishtirok etishni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘rgatish hamda ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llash bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Ushrashuv yakuniga ko‘ra, 2024-yilning 4-oktaybr kuni TDTU Olmaliq filialida “KvantForm” OAJ mas’ullari ishtirokida filial talabalari va ishlab chiqarish korxonalarida “QForm Extrusion” dasturini qo‘llash, undan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazish belgilandi.