Flat Preloader Icon Loading...

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi

djhbckfh

Ma’lumki, iqtidorli yoshlarni kashf qilish maqsadida o’tkazilib kelinayotgan «MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI» Respublika tanlovini e’lon qilgan edik. Kuni kecha ushbu tanlovning hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Ohangaron tumani, Piskent tumani, Ohangaron hamda Olmaliq shahrida o’tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining hududiy bosqich g’oliblari aniqlandi. E’tiborlisi, g’oliblar orasida TDTU Olmaliq filiali talabalari ham bo‘lib, ular viloyat bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

Xususan, Behzod Abdurafiqov, Temirali Sodiqov, Iroda Husanova, Dilnavoz Jadilova, Durdona Tursunboyeva, Diyorbek Tursunsaidov, Farangis Mirusmonovalar tanlovda faol ishtirok etib, viloyat yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, TDTU Olmaliq filialining Yoshlar akademiyasi lideri Karimov Begzod, Energetika va mashinasozlik fakulteti lideri Ferishtabonu Abdukarimova, Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti lideri Hayrullo Xotamov hamda Konchilik ishi fakulteti lideri Asadbek Yunusovlar birgalikda Ohangaron shahar texnoparkida tashkil etilgan «Mirzo Ulugʻbek vorislari» tanlovida kuzatuvchi sifatida qatnashib, ularning loyihalari bilan tanishishdi.

Shu bilan birga Kimyo va fizika kafedrasi mudiri Rustamjon Miraxmedov hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi rahbari Noila Anornoyevalar Olmaliq shahrida o‘tkazilgan tanlovda hakam hay’ati raisi sifatida ishtirok etdilar.

Scroll to Top