TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakultetida 1-bosqich talabalari bilan oliygoh mutasaddi rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Soha bo‘yicha oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan, oldiga aniq maqsadlarni qo‘ygan yoshlarga chuqur bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ularga salohiyatli professor-o‘qituvchilar bilim berishmoqda.
Axborot-resurs markazi fondi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va laboratoriya jihozlari talabalar foydalanishlari uchun tayyor. Talabalardan o‘quv jarayonlariga mas’uliyat bilan yondashish, o‘quv standartlarini o‘z vaqtida bajarish talab etiladi.
Oliy ta’limga joriy etilgan kredit-modul tizimi tartiblari haqida ham talabalarga batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ham javob olishdi.