Flat Preloader Icon Loading...

Iqtidorli yoshlarining ilmiy anjumani

72fd3ca33c4bae7e5f585

So‘nggi yillarda respublikamizda ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Yоshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Joriy yil 7-8 iyun kunlari TDTU Olmaliq filialida “Mineral xom-ashyolarni qazib olish, qayta ishlashning istiqbollari – yoshlar nigohida” mavzusida magistrant va talabalarning ilmiy anjumani va innovatsion g‘oyalar tanlovi tashkil etildi. Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Q.Yusupov, Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari S.Axmedov, “Olmaliq KMK” AJ Bosh muhandisining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari A.Xasanov ishtirok etdi.

Ochilish tadbiridan so‘ng anjuman o‘z ishini 4 ta sho‘‘bada davom ettirdi. “Metallurgiya, kimyoviy texnologiya va sanoat ekologiyasi”, “Konchilik ishi”, “Mexanika va mashinasozlik texnologiyalari”, “Elektromexanika, energiya tejamkor texnologiyalar va qayta tiklanuvchan energiya manbaalari” yo‘nalishlari bo‘yicha sho‘‘ba yig‘ilishlarida ellikdan ortiq magistrant va talabalar o‘zlarining ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etishdi. SHuningdek, anjuman sho‘‘balarida taqdim etilgan barcha ishlanmalar “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” nominatsiyasi bo‘yicha ham tahlil qilindi.

Scroll to Top