Flat Preloader Icon Loading...

“Olim o‘qigan maktab” loyihasi amalda

Ilm inson umrini bezab turuvchi chiroq kabi nurdir. Ilm yo‘lida mehnat qilish, tinmay izlanish, ilm sarhadlarini zabt etish insonni kamolotga etaklaydi, el-yurtning hurmat-e’tiboriga sazovor etadi. Har bir inson o‘z maqsadlari yo‘lida mehnat qiladi. Ilm-fanni o‘z hayotining maqsadi deb bilgan inson uchun tinimsiz o‘qish, o‘rganish, izlanish umri davomida hamroh bo‘ladi. Bu yo‘lning natijasi esa elning e’zozi, shogirdlar ehtiromi, ilm ahlining e’tirofi hisoblanadi.

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida tug‘ilib voyaga etgan, ilm-fan sir-asrorlarini o‘rganib, oliy ta’lim tizimida ko‘plab yoshlarga ta’lim berib kelayotgan psixologiya fanlari nomzodi Norimbetov Turg‘un Buxarovich, texnika fanlari nomzodi Kuybakov Bahodir Baydullaevich bugungi kunda TDTU Olmaliq filialida mehnat qilmoqdalar. 

Kuni kecha bu ikki olim tahsil olgan 7-o‘rta maktabda filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilarining maktab jamoasi va o‘quvchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda olimlarning hamkasblari, do‘stlari, oila a’zolari ishtirok etdi. Olimlar o‘zlari bosib o‘tgan ilm-fan olamining mashaqqatli yo‘li, erishgan yutuqlari, ustozlari, bugungi kunda olib borayotgan faoliyati haqida so‘zlab berdilar. Tadbirda so‘zga chiqqan do‘stlar, hamkasblar bu ikki olimning shaxsiy fazilatlari haqida so‘zlab, olis o‘quvchilik davri esdalik xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar…

Shuningdek, tadbirda filialning iqtidorli talabalari va maktab o‘quvchilari o‘zlarining tabriklarini qo‘shiq va raqslarda ijro etishdi. 

Scroll to Top