Flat Preloader Icon Loading...

“Ota-onalar kongressi” ish boshladi

Bugun TDTU Olmaliq filialida respublikamizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan kelib, tahsil olayotgan talabalarning “Ota-onalar kongressi” bo‘lib o‘tdi.

O‘quv va laboratoriya xonalari, axborot-resurs markazi fondi, talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari haqida fakultet rahbariyati va mas’ul xodimlar tomonidan batafsil ma’lumot berildi. Kongressda filial direktori A.Samadov taʼlim va tarbiya jarayonlari ota-onalar bilan doimiy hamkorlik va hamjihatlikda olib borilishini taʼkidladi.

Yоshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Jamiev talabalarni har tomonlama rivojlanishi, is’tedodlarini namoyon etishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zladi.

O’zining o’qishi, namunali hulqi bilan tengdoshlariga namuna bo‘layotgan talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Kongress ishi haqida yana qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Scroll to Top