Flat Preloader Icon Loading...

“Ota-onalar kongresslari” davom etmoqda

Ma’lumki, barcha oliy ta’lim muassasalarida “Ota-onalar kongresslari” o‘tkazilmoqda. Xuddi shunday tadbir bugun filialimizda ham bo‘lib o‘tdi. TDTU Olmaliq filialida tahsil olayotgan Toshkent, Andijon, Namangan, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari shahar va tumanlarining aholisi bo‘lgan talabalarning ota-onalari tashrif buyurishgan.

Kongress avvalida ota-onalar fakultetlardagi mavjud o‘quv laboratoriya xonalari bilan tanishdilar. Professor-o‘qituvchilar ularga laboratoriya jihozlari, olib borilayotgan tahlil va tadqiqotlar haqida ma’lumotlar berdi.

Filial direktorining Yоshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari B.Jamiev ota-onalarga ta’lim jarayonlari, talabalar turar joylari, ijara xonadonlari hamda keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari haqida batafsil ma’lumot berib, ularning savollariga javob berdi.

Scroll to Top