Xabar berganimizdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari va Respublikaning bir qancha oliy ta’lim muassasalari rahbar-kadrlaridan iborat delegatsiya Xitoy xalq respublikasining Pekin shahrida Chinese Bridge loyihasi doirasida bo’lib turishibdi.
Bugun ushbu delegatsiya Xitoyning Minzu universiteti, Pekin texnologiyalar universitetining Gendan instituti, Pekin yangi iqtidorlar akademiyasi, Xitoyning Oliy ta’lim nashriyotiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida, Pekin texnologiyalar universitetining Gendan instituti Prezidenti professor Guo Guangshen Chinese Bridge loyihasi a’zolariga universitet faoliyati, ushbu ta’lim muassasalarining Xitoy tili va madaniyatini rivojlanishidagi o’rni, talabalar hayoti va ularning ijod namunalari asosida tayyorlangan spektakl namoyishiga taklif qildi. Kun yarimida delegatsiya a’zolari Pekindagi Xitoyning Oliy ta’lim nashriyot uyiga tashrif buyurib xitoyda xattotlik san’atining rivojlanishi, xitoy oliy ta’lim muassasalari uchun nashr etilayotgan darslik va o’quv qo’llanmalar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali hamda Xitoyning Pekin texnologiyalar universitetining Gendan instituti bilan kelgusida tegishli sohalar kesimida xamkorlik qilish bo’yicha memorandum imzolandi.