Flat Preloader Icon Loading...

Professor-o‘qituvchilar uchun tanlov o‘tkazilmoqda

✅TDTU Olmaliq filialida bugundan yangi 2023-2024 o‘quv yiliga asosiy shtatga professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.

✅Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etilmoqda.

✅Chuqur kasbiy bilimga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuqori intellektual qobiliyat hamda axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash o‘tkazilayotgan tanlovning maqsadi hisoblanadi.

✅TDTU Olmaliq filialining 10 ta kafedralariga uch kun davomida o‘tkaziladigan tanlov maxsus komissiya a’zolari tomonidan ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkaziladi.

Scroll to Top