Flat Preloader Icon Loading...

“Sharaf sizga, olqish sizga, aziz ustozim!” tadbiri

TDTU OF Metallurgiya va kimyoviy texnologiya, Energetika va mashinasozlik hamda Konchilik ishi fakultetida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan “Sharaf sizga, olqish sizga, aziz ustozim!” tadbirlari ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tkazildi.

Ijodkor talabalar yorqin sahna ko‘rinishlarida ustozning haqiqiy matonatli mehnatini, shogirdlar uchun fidoyiligini mahorat bilan ijro etishdi.

Taraqqiyotning tamal toshini yaratuvchi, ilm-ma’rifat nuri bilan bashariyatni komillikka yetaklovchi, eng bebaho boylik – aql-zakovat va ilmni, boqiy meros — yaxshi tarbiyani yosh avlodga yetkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatayotgan ustozlar hamisha shogirdlar ardog‘i va hurmatida.

Scroll to Top