Flat Preloader Icon Loading...

Sirtqi ta’lim shakli talabalari bilan suhbat

🔷Ta’lim islohotlarining joriy etilishi natijasida bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning yangi zamonaviy uslublari tadbiq etilmoqda. Pirovard maqsad – yetuk, bilimli, raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash va jamiyat hayotining turli tizimlariga yo‘naltirishdir.

🔷TDTU Olmaliq filiali O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.Abdiev hamda O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i A.Yusupov yuqorida keltirilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda filialda tahsil olayotgan kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli talabalari bilan uchrashdilar.

🔷Talaba yoshlarning fikrlari bilan tanishgan holda mutasaddi rahbarlar oliy ta’lim sohasiga joriy etilgan kredit-modul hamda davomat va baholash tizimining raqamlashtirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Scroll to Top