Flat Preloader Icon Loading...

Talaba-o‘quvchilar ligasida ham kuzgi mavsum g‘oliblari taqdirlandi!

zakovat 2

🔷“Zakovat” o‘yini bo‘yicha Talaba-o‘quvchilar ligasining 2023/24-o‘quv yili doirasidagi kuzgi mavsum g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

🔷3 oy davom etgan kuzgi mavsum o‘yinlari yakunida quyidagi jamoalar mavsum g‘olibi bo‘ldi:

🔷1-o‘rin: TDTU Olmaliq filiali akademik litseyining “Vast idea” jamoasi;
🔷2-o‘rin: Qashqadaryo yuridik texnikumining “Uzbek power” jamoasi;
🔷3-o‘rin: IIV Farg‘ona akademik litseyning “Major pride” jamoasi.

🔷Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan smartfon topshirildi!

🔷Ma’lumot uchun, Talaba-o‘quvchilar ligasining 2023/24-o‘quv yili doirasidagi kuzgi mavsumda respublikamizdagi akademik litsey, texnikum va kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining 260 ta jamoasi ishtirok etdi.

Scroll to Top