Flat Preloader Icon Loading...

Talabalar teatr studiyasi

teatr

🔷TDTU Olmaliq filiali asosiy binosi faollar zalida «Talabalar teatr studiyasi» festivalining final bosqichi o‘tkazildi.

🔷Finalda Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetining «Zamin» jamoasi «Bevalar» spektakli, Energetika va mashinasozlik fakultetining «Iftixor» jamoasi «Parvona» spektakli hamda Konchilik ishi fakultetining «Yuksalish» jamoasi «Qalliq o‘yini» spektakli bilan ishitrok etishdi.

🔷Spektakllar yakunida hakamlar hay’ati tomonidan talabalar ijrosi xolis baholanib, Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetining «Zamin» jamoasi 3-o‘ringa, Energetika va mashinasozlik fakultetining «Iftixor» jamoasi 2-o‘ringa hamda Konchilik ishi fakultetining «Yuksalish» jamoasi faxrli birinchi o‘ringa munosib deb topildi.

🔷Gʻolib jamoalarga filial rahbariyati tomonidan TDTUOF logotipi tushirilgan edalik sovg‘alar hamda diplom topshirildi.

Scroll to Top