Flat Preloader Icon Loading...

Talabalar uchun seminar-trening

lider 1

🔷Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali Yoshlar akademiyasi liderlari hamda Iqtidorli talabalarlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan birinchi bosqich talabalari uchun o‘quv seminari tashkil qilindi.

🔷Konchilik ishi fakulteti faollar zalida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda mas’ullar Yoshlar akademiyasiga a’zolik, «Mirzo Ulug’bek vorislari» tanlovi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari, Xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish va xalqaro grantlar yutish hamda “Akademik harakatchanlik” dasturi singari mavzularida ishtirokchilarga kerakli ma’lumotlarni berishdi.

🔷Shuningdek, talabalar tomonidan Yoshlar akademiyasi va Yoshlar ittifoqining farqi, stipendiant bo’lish uchun nimalar qilish lozimligi, startap loyiha qanaqa bo’lishi, tayyor loyiha bo’yicha kimga uchrashish kerakligi, taqdimot, loyiha bo’yicha filialda kimga murojaat qilish, «Mirzo Ulug’bek vorislari» tanlovida qanday loyiha bilan qatnashish mumkinligi to’grisidagi savollarga mas’ullardan javob olishdi.

Scroll to Top