Flat Preloader Icon Loading...

Tarixiy obidalar shahriga sayohat

buhoro

Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialida ichki turizmni rivojlantirish doirasida vatanimizning boy tarixini va betakror tabiatini o‘zida gavdalantirgan joylarga professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun sayohatlar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.

Xususan, kuni kecha TDTU OF jamoasi uchun qadimiy shahar va turizm maskani bo‘lmish Buxoro shahriga navbatdagi sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida shaharning tarixiy obidalari shuningdek, mahalliy milliy qadriyatlar va urf-odatlar bilan yaqindan tanishib, ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi me’moriy obyektlarni va qadimiy yodgorliklarni yaqindan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Qadimiy Buxoroning yanada go‘zal va maftunkor manzilgohlari, madrasa, maqbara, minora va zamonaviy majmualarini tomosha qilish orqali tarix nafasini his qilib, katta taassurotga ega bo‘ldilar.

Xodimlar va talabalarning ham ziyorat, ham sayohat maqsadida tashkil etilgan Buxoroga sayohati davomida shaharning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari, xususan, Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy maqbarasi, Xoja Bahovuddin Naqshbandiy ziyoratgohi, Labi hovuz maydoni, Eski Buxoroning eng baland inshooti (balandligi 47,5 metr) bo’lgan Minorayi Kalon (koʻtarilish uchun zinalar soni 105 ta) hamda Ark qo’rg’onini tomosha qilish orqali boy tariximiz haqidagi ma’lumotlar bilan o’z bilimlarini boyitishdi.

Scroll to Top