Flat Preloader Icon Loading...

«Tashabbusli byudjet» loyihasi amalda

laboratoriya

🔷O‘tgan 2023 yil TDTU Olmaliq filiali uchun «Tashabbusli byudjet» loyihasi doirasida ancha omadli yil bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xususan, loyihaning 1-mavsumida jami 12 ta, summasi 8,12 mlrd so‘mlik loyihalar g‘olib deb topildi. Quvonarlisi, shu loyihalarning ikkitasi filial bilan bog‘liq.

🔷Shulardan biri, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida laboratoriya binosini qurish uchun Toshkent viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati DUK va “Qo‘hinur madad hamroh” MCHJ o‘rtasida jami 856,0 mln so‘mlik shartnoma tuzilib, bugungi kunda ushbu bino qurib bitkazildi.

🔷Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida bunyod etilgan mazkur laboratoriya yangi 2024-yildan o‘z faoliyatini boshladi.

Scroll to Top