Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OF jamoasi navqiron Samarqandda

samar and

Ma’lumki, Samarqand shahri qadimdan yer yuzining sayqali deya e’tirof etib kelingan. Samarqand qadimdan o‘zining betakror go‘zalligi, ajoyib ob-havosi, shirin  suvi va mazali nonlari bilan dunyoga mashhur shahar bo‘lgan. YUNESKOning qaroriga asosan Samarqand muzey shahar deb e’lon qilindi. Hozirda bu shahar chinakam tarixiy muzey shaharga aylangan.

2024-yilning 9 iyun sanasida Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialining 40 nafar filial xodimlari va talabalarining ichki turizm doirasida ko‘hna Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi.

Sayohat davomida sayohatchilar navqiron Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari to‘g‘risida katta taassurotlarga ega bo‘ldilar. Xususan, jamoa shaharning durdona yodgorliklari bo’lgan Go’ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi, shuningdek, Islom Karimov maqbarasi, Shohi Zinda kabi tarixiy obidalar, ulardagi naqshinkor bezaklar, ganchkorlik namunalari ota-bobolarimizning ilm-fan taraqqiyotidagi qudrati va donishmandligi, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganligiga yana bir bor amin bo‘lishdi.

Sayohat so‘ngida Samarqand haqidagi bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.

Scroll to Top