Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OF Kengashi faoliyatidan

kengash 1

🔷TDTU Olmaliq filialining navbatdagi Kengashi jamoa a’zolariga ilmiy unvon attestatlarini topshirish bilan boshlandi. Metallurgiya kafedrasi mudiri PhD R.Toshqodirova, Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi mudiri PhD S.Parmonov, Metallurgiya kafedrasi professor-o‘qituvchisi PhD N.Asqarovaga dotsent ilmiy unvoni attestatlari, Energetika va mashinasozlik fakulteti dekan o‘rinbosari Sh.Rayxanovga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi diplomi topshirildi. Shundan so‘ng Kengash kun tartibi bo‘yicha isini davom ettirdi.

🔷Filial direktori professor A.Samadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy soha vakillari bilan uchrashuvi, Xitoy xalq respublikasiga tashrifi hamda Belorussiya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi jarayonida o‘rtaga qo‘yilgan masalalar hamda filialda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

🔷2023-2024-o‘quv yilining birinchi yarimida talabalarning o‘zlashtirish bo‘yicha (kuzgi semestr) tahliliy hisoboti, o‘quv jarayonini tashkil qilish, talabalarning davomati va o‘zlashtirishini yuqori darajaga ko‘tarishda mavjud muammolarni bartaraf qilish, professor-o‘qituvchilarning 2023-yilda malakasini oshirish holati va 2024-yilgi reja, hamda professor-o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini samarali tashkil qilishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i A.Yusupov ma’lumoti tinglandi.

🔷2023-yilida moliya-xo‘jalik faoliyatining yakunlari, byudjetdan tashqari mablag‘larni sarf etilishi va professor-o`qituvchilar hamda xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashda, kafedralardagi laboratoriya xonalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilashda olib borilgan ishlar hisoboti bilan Ishlar boshqarmasi boshlig‘i B.Suttibayev taniishtirdi. Kengash kotibi A.Ririmqulov 2023-yilda qabul qilingan Kengash qarorlarining bajarilish holati bo‘yicha hisobot berdi.

🔷Kengashda barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Scroll to Top