Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy taʼlim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Konchilik ishi kafedrasi dotsenti – Mutalova Marxamat Akramovna hamda Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi dotsenti – Raimqul Raxmonqulov ham ushbu mukofotga munosib deb topildi.
Ushbu koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarning har biri bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridagi pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.