Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OFda Kengash yig`ilishi

sirt i ta dirlash

🔷Kengash kun tartibiga ko‘ra 2023 yilda filialda olib borilgan o‘quv, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining tahliliy hisobotlari eshitildi.

🔷“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da davlat dasturiga kiritilgan vazifalarning ijrosini ta‘minlashda TDTU Olmaliq filialida olib borilgan ishlar, filialda ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini ko‘tarish, ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy muassasalar bilan korporativ hamkorlikdagi ishlar va 5 muhim tashabbus bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Hisobotlarda keltirilgan ko‘rsatkichlar filial faoliyatining samaradorligi bilan birga e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan masalalarni ham ko‘rsatib berdi. Tahliliy-tanqidiy ruhda olib borilgan Kengash yig‘ilishida filialning ustuvor vazifalari belgilab olindi.

🔷Shuningdek Kengashda o‘tgan yil davomida samarali faoliyat yuritgan jamoa va ularning a’zolari e’tirof etildi.

🔷“Reytingga eng ko‘p hissa qo‘shgan fakultet” – Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti

🔷“Reytingga eng ko‘p hissa qo‘shgan kafedra” – Kimyoviy texnologiya kafedrasi

🔷“Reytingga eng ko‘p hissa qo‘shgan dotsent” – U.Toshtemirov

🔷“Reytingga eng ko‘p hissa qo‘shgan assistent” – E.Yuldashev

🔷“Reytingga eng ko‘p hissa qo‘shgan katta o‘qituvchi” – H.Isroilova

🔷“Ilmiy loyihalar bo‘yicha eng faol kafedra”- Metallurgiya kafedrasi

🔷“Ilmiy faoliyatda eng istiqbolli kafedra” -Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi

🔷“Xalqaro hamkorlik bo‘yicha eng faol kafedra” -Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi

🔷“Eng yuqori samaradorlikka erishgan bo‘lim” – Sirtqi bo‘lim

🔷“Eng yaxshi targ‘ibotchi olim” – A.Samadov

🔷“Eng yaxshi ixtirochi” – D.Rismuxamedov

🔷“Eng yaxshi samaradorlikka erishgan xodim” – R.To‘xtayev

🔷“Eng faol tyutor” – J.Norboyev

🔷O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi respublika “Zakovat” turnirida TDTU Olmaliq filiali huzuridagi akademik litsey o‘quvchilarining “Wast idea” jamoasi 60 ta jamoa orasida 1-o‘rinni egallagani uchun litsey jamoasi ham sertifikat bilan taqdirlandi.

Scroll to Top