Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OFda “Milliy qadriyatlar sayli”

millij2

Ma’naviyatimizning asosi bo‘lgan milliy qadriyatlar xalqimizning ulkan merosi bo‘lib, unda o‘zligimiz, o‘zimizga xoslik mujassam. Globallashuv davrida yoshlarning ta’lim-tarbiyasi va ongi-tafakkuriga tahdidlar kuchayib borayotgan paytda o‘zligimizni, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash muhim vazifa hisoblanadi.

TDTU Olmaliq filiali tomonidan “Yаngi O‘zbekiston” bog‘ida tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar sayli”da filial jamoasi va talabalari, shahrimiz aholi ishtirok etdilar.

Festival davomida milliy hunarmandchilik va kitob ko‘rgazmalari,  milliy raqs va qo‘shiqlar ijrosi, milliy sport turlari – kurash, arqon tortish, tosh ko‘tarish bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Milliy libosdagi talaba yoshlar tadbirga ko‘tarinki ruh baxsh etdilar.

Scroll to Top