Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OFda tyutorlar hisoboti

📝 Bugun Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tyutorlarining 2022-2023 o‘quv yili davomida talabalarning ilmiy iqtidorini shakllantirish, qo‘yilgan maqsadlariga erishish yo‘lida ko‘maklashish hamda ma’naviy-ma’rifiy, fan, ta’lim-tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha ishlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.

📌Yig‘ilish davomida har bir tyutor amalga oshirgan ishlari yuzasidan fotoslaydlar taqdim etish bilan birga, turar joy, davomat, fanlarni o‘zlashtirish bo‘yicha talabalar bilan olib borilgan ishlar, erishilgan natijalar, kamchiliklar to‘g‘risida ham axborot berishdi va yangi o‘quv yili uchun ham o‘z takliflarini bildirishdi.

Scroll to Top