Flat Preloader Icon Loading...

TDTU Olmaliq filiali talabalari 99166-sonli harbiy qismda

konchilik

TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakulteti tyutorlari T.Umarbekov, S.Ashirov, T.Shomurotov hamda talabalar «Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida Olmaliq shahrida joylashgan Mudofaa vazirligi tarkibidagi 99166-sonli harbiy qismda bo’lishdi.

99166-sonli harbiy qism komandir o‘rinbosari, podpolkovnik X.Madaliyev harbiy qismning kirish hovlisida joylashgan Amir Temur byusti yonida talabalarga Sohibqiron bobomizning harbiy salohiyati va boy tajribasi bugungi kunda ko‘pgina davlatlarning harbiy akademiylarida o‘rganilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, ofitserlar tomonidan o‘qotar qurollarning turlari, vazifalari ulardan qanday tartibda foydalanish kerakligi tushuntirildi hamda harbiylar uchun saf tortish, mini futbol, harbiylarni chiniqtiruvchi jang maydonchasi, turnik hamda ma’rifat bog’ va harbiy poligon maketi bilan tanishtirildi.

Shundan so’ng, harbiylar uchun axborot resurs markazidagi shart-sharoitlar, zamonaviy o‘quv xonalari hamda harbiylar tashabbusi bilan tashkil etilgan muzeylardagi eksponatlar, maketlar talabalarda katta qiziqish uyg’otdi. Ayniqsa, harbiy qismda harbiy ayollarning borligi, ularning erishgan yutuqlari talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Scroll to Top