Flat Preloader Icon Loading...

Tennis ustalari

TDTU OF talabalari o‘rtasida tashkil etilgan stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan final sport musobaqasida fakultetlarning eng kuchli tennischilari ishtirok etishdi.

Shiddatli kechgan musobaqalarda talabalar tezkorlik, ziyraklik bilan o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi. Stol tennisi bo‘yicha filialning eng mohir ustalari deb, S.Aliboev (1a-21 metallurgiya guruhi talabasi 1-o‘rin), K.Xabibullaev (13-23 EEE guruhi talabasi 2-o‘rin), B.Samariddinov (7a-23 MT guruhi talabasi 3-o‘rin) topildi.

Sport insonga salomatlik, tetiklik baxsh etishi bilan birga yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tishiga zamin hisoblanadi. Talabalar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha musobaqalar davom etmoqda.

Scroll to Top