Flat Preloader Icon Loading...

Texnikum bitiruvchilari bilan suhbat

⚡️Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli qaroriga ko‘ra texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirishlari mumkinligi belgilangan bo‘lib, TDTU Olmaliq filialidagi bo‘lib o‘tadigan suhbat kunlari e’lon qilingan edi .
(https://t.me/TDTUOFUZ/12342)
📌Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining Metallurgiya (metall turlari bo‘yicha) yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

📌 TDTU Olmaliq filialidagi suhbat jarayonlarini ushbu havola orqali https://www.youtube.com online kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Scroll to Top