Flat Preloader Icon Loading...

«Urush odamlari» dramasi

Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxoʻja Behbudiyning «Teatr-ibratxonadir» degan iborasi nechog‘li o‘rinli ekanligini, «Urush odamlari» dramasi tomoshasiga borgan TDTU Olmaliq filiali talabalari juda yaxshi anglab yetdi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

Negaki, teatr-tarbiya maskani, bu muqaddas dargohda spektakl namoyishidan inson o‘ziga ma’naviy ozuqa oladi, yaxshi bilan yomonning farqiga boradi, madaniy hordiq chiqaradi.

O’zbek Milliy akademik drama teatrida namoyish etilgan «Urush odamlari» dramasi tomoshasidagi aktyorlar 1941-1945 yillardagi davr voqealarni shunday mahorat bilan ijro etdilarki, talaba bu jarayonda o’ziga yetarlicha xulosalarni qabul qildi.

Scroll to Top