Flat Preloader Icon Loading...

«Vast idea» jamoasiga TDTUOFning sovg’alari topshirildi

kbnctq

“Zakovat” o`yinining talaba-o‘quvchilar ligasi 2023-2024-o‘quv yili doirasidagi kuzgi mavsumida respublikamizdagi akademik litsey, texnikum va kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining 76 ta jamoasi ishtirok etdi.

Bellashuv natijalalariga ko’ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali huzuridagi akademik litseyning «Vast idea» jamoasi 10 ta tur doirasida 197-ball to’plab faxrli 1-o’rinni egallab, turnir g’olibi bo‘lganligini ma`lum qilgan edik.

Akademik litseyda tashkil etilgan tadbirga «Vast idea» jamoasi azolari va ularning ota-onalari taklif qilindi. TDTU Olmaliq filiali rahbariyati tomonidan o‘quvchilarga va ota-onalarga tashakkurnomalar, qimmatbaho sovg‘alar bilan topshirildi.

Tadbirda akademik litseyning ijodkorlar o‘quvchilari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Scroll to Top