Flat Preloader Icon Loading...

Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, sha’n

metallurgiya 14 yanvar

🔷O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida «Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, sha’n» nomli madaniy -ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔷Tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan IIV Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Jismoniy tayyorgarlik to‘garagi a’zolarining chiqishlari esa tadbir ishtirokchilariga haqiqiy vatanparvarlik ruhini singdirishga xizmat qildi.

🔷Shuningdek, fakultetning iqtidorli talabalari ishtirokida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram dasturi namoyish etildi. Tadbir so‘ngida IIV Malaka oshirish institutining Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli boshlig‘i Murodxon To‘rayev barcha ishtirokchilarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Scroll to Top