Flat Preloader Icon Loading...

Vazirning hududlarda ta’lim muassasalaridagi sharoitlarni o‘rganishi davom etmoqda

photo 2023 06 03 17 51 58

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent viloyatidagi oliy va professional ta’lim muassasalari hamda ijtimoiy obyektlar bilan tanishdi.

Jumladan, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida bo‘lib, uzoq hududlardan kelib o‘iyotgan talabalarni yotoqxona bilan qamrovini oshirish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik asosida talabalar turar joylarini barpo qilish, foydalanilmayotgan ijtimoiy obyektlarda qo‘shimcha yotoq o‘rinlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ rahbariyati bilan ijtimoiy hamda ta’lim ob’ektlarini modernizatsiya qilish, ta’lim ishtirokchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, talabalarning mutaxassisligi bo‘yicha amaliyotini tashkil etish hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarning yechimi xususida fikr almashildi.

Shundan so‘ng, Nurafshon shahrining “Nurafshon Smart City” majmuasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali uchun qurilayotgan o‘quv binosi va talabalar turar joyi hamda test imtihonlari o‘tkaziladigan namunaviy tipdagi pavilion va boshqa bino-inshootlar qurilishi uchun ajratilgan yer maydonlari bilan tanishildi.

Safar davomida O‘rtachirchiq agrosanoat va transport kasb-hunar maktabi ish faoliyatiga ham nazar solinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Scroll to Top