Flat Preloader Icon Loading...

«Xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan sport musobaqalari

11 oktyabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan TDTU Olmaliq filiali Xotin-qizlar Kengashi tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, voleybol va basketbol musobaqalari tashkil etildi.

Voleybol bo‘yicha 1-o‘rinni Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi, 2-o‘rinni Metallurgiya kafedrasi, 3-o‘rinni Energetika va mashinasozlik fakulteti talabalari egallashdi.

Basketbol musobaqalarida Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi qizlari 1-o‘ringa, Energetika va mashinozlik fakulteti talabalari 2-o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

Shaxmat bahslarida 11-b 21 KT talabasi H.Xoshimova 1-o‘rin, 11 a -23 KT talabasi I.Shabiddinova 2-o‘rin, 11 b-21 KT talabasi S.Ermatova 3-o‘rin hamda 11 a -23 KT talabasi I.Xusanboyeva 4-o‘ringa munosib deb topildi.

Shashka bo‘yicha 1-o‘rin H.Xoshimova, 2-o‘rin I.Shabiddinovaga nasib etdi. G’oliblar rag’batlantirildi.

Scroll to Top