Flat Preloader Icon Loading...

Xorijiy hamkorlik

qozoq

TDTU Olmaliq filiali bugungi kunda 6 ta xorijiy davlatlardagi 17 ta oliy ta’lim muassasasalari bilan tuzilgan shartnoma va memorandumlar asosida hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Xorijiy stajirovka, akademik mobillik, xorijiy zamonaviy yo‘nalishlarni o‘rganish va maqbulini tadbiq etish, albatta, ta’lim tizimi sifatini oshishiga xizmat qiladi.

TDTU OF Matematika va informatika kafedrasi tashabbusi bilan filialga Qozog‘iston Respublikasi Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy pedagogika universiteti Matematika va matematik modellashtirish kafedrasi mudiri fizika-matematika fanlari doktori, professor Berdishev Abdumauvlen Sulaymanovich taklif etildi.

Xorijlik professor filialning ilmiy-o‘quv laboratoriyalari bilan tanishdi, kafedra professor-o‘qituvchilari bilan davra suhbati o‘tkazdi hamda talabalarga oliy matematika fanidan 20 soatlik o‘quv ma’ruzasi o‘tdi.

Ma’lumot uchun:
Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy pedagogika universitetida 14 ta dissertatsiya kengashi, yosh olimlar Kengashi, ilmiy kutubxona va «Ulog‘at»nashriyoti mavjud. Yaqinda ilg‘or ilmiy-tadqiqot va masofadan o‘qitish markazi, «Shapagat» talabalar uchun raqamli xizmatlar markazi hamda axborotlashtirish va ta’lim texnologiyalari xalqaro ilmiy laboratoriyasi tashkil etildi.

Universitet har yili dunyoning eng yaxshi universitetlari orasida o‘z o‘rnini yaxshilab bormoqda. «QS World University Rankings-2021» ga ko‘ra, pedagogik universitetlar orasida mazkur universitet dunyodagi eng yaxshi 5 pedagogika universitetlari qatoriga kirgan. Abay Universiteti «QS World University Rankings-2024» global reytingida 681-690 o`rinda.

Scroll to Top