Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialiga Yaponiya davlatidan Mitsui Kinzoku hamda Tatsumi shokai kabi yirik kompaniyalaridan 8 kishidan iborat delegatsiya tashrif buyurishdi. Mazkur kompaniyalar funktsional materiallar va elektron materiallarni ishlab chiqarish, sotish, rangli metallarni eritish, resurslarni rivojlantirish, qimmatbaho metallarni qayta ishlash, materiallar biznesi, avtomobil qismlarini ishlab chiqarish, sotish kabi faoliyatni olib boradi.
Delegatsiya a`zolarining tashrifdan asosiy maqsadi kombinatda olib borilayotgan texnologik jarayonlarda hosil bo‘lgan texnik chiqindilar, ularni qayta ishlash tizimini o‘rganishdan iborat. Shu maqsadda TDTU Olmaliq filialida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdilar.