Flat Preloader Icon Loading...

Yoshlar akademiyasi forumi

TDTU Olmaliq filialida «Yoshlar akademiyasi forumi» ga start berildi. Forumning asosiy maqsadi – talaba yoshlar orasida Yoshlar akademiyasi targ‘ibot ishlarini olib borish, ilm-fan va ilmiy innovatsion faoliyatga keng jalb etishdir.

Forum doirasida taklif etilgan mehmonlar IT Park Toshkent viloyati filiali bosh ta’lim menejeri A.Zabihullayev hamda startap ekotizimi rivojlantirish bosh menejeri X.Fayziyev; Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bo‘lim boshlig‘i O.Nuriddinov va markaz yetakchi mutaxassisi E.Omonqulovlar bilan birgalikda «Mening startap loyiham» va «MY.GOV.UZ – xizmatingizda!» mavzulari bo‘yicha ilk seminar-trening o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilarga my.gov.uz dan foydalanish hamda uning afzalliklari to’g’risida tushunchalar berildi.

Scroll to Top