Flat Preloader Icon Loading...

Yoshlar Akademiyasi lideri Behzod Abdurafiqovning innovatsion yutuqlari

lider

🔷 Toshkent viloyati, Ohangaron tumani vakili, 2001-yil 30-avgustda tug’ilgan Behzod, bugungi kunda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida muhandis-mexanik mutaxassisligi bo’yicha oliy ma’lumotli uslubchi.

🔷Behzod nafaqat o’z sohasida ilmiy yutuqlarga erishgan, balki «Yoshlar akademiyasi» Toshkent viloyati hududiy lideri sifatida ham tanilgan. U davlat stipendiyalari tanlovida Islom Karimov va Prezident davlat stipendiyalari sohibi bo’lgan.

🔷 Uning ilmiy ishlari va innovatsion g’oyalar, jumladan mashinasozlikda kam chiqindili detallar ishlab chiqarish texnologiyasini tadqiq qilish loyihasi, milliy va xalqaro miqyosda tan olingan. Ushbu tadqiqot avtomobil diskalari ishlab chiqarish jarayonida metall isrofgarchiligini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi, bu esa iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

🔷 Abdurafiqov Behzodning faoliyati va yutuqlari bizga yosh avlod vakillarining ilmiy va innovatsion sohalarda qanday muhim o’zgarishlar qilishi mumkinligini ko’rsatadi. Uning ishlari kelajakda O’zbekistonning texnologik taraqqiyotiga katta hissa qo’shishi shubhasiz.


🔷Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh

Scroll to Top