🔷Davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’lim tizimi masalalariga alohida urg‘u berildi. Ayniqsa oliy ta’lim va kollej-texnikumlarning uzviy hamkorligi malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim bosqich hisoblanadi.
🔷Yig‘ilishda Yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish “Akademik” va “Ishchi kasb” ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda kollej-texnikumning 1-2 kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘lishi, texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim joriy etilishi ta’kidlandi. Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🔷Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun hamkorlik ishlarini yanada jadallashtirish va kelgusi rejalarni aniqlashtirish maqsadida TDTU Olmaliq filialiga biriktirilgan Toshkent viloyatidagi kasb-hunar maktablari, texnikumlar va kollejlar bilan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
🔷Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti Metallurgiya kafedrasi jamoasi tomonidan Bekobod shahridagi kasb-hunar maktabi bilan hamkorlik ishlari doimiy olib borilmoqda. Hamkorlik doirasida kuni kecha kasb-hunar maktabida tashkil etilgan seminar-treningda kafedra jamoasi ishtirok etdi.